Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos "Liverpul" futbolchilarini jarohatlagani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi


Madrid "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos "Liverpul"ga (3:1) qarshi Chempionlar Ligasi finalida raqib futbolchilarini o'yindan chiqarishga uringani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

Bazi muxlislar fikriga ko'ra, Ramos raqib darvozaboni Loris Karius va hujumchisi Muhammad Salohga atayin jarohat yetkazgan.

"Juda ham oshirib yuborildi. Salohning o'zi birinchi bo'lib qo'limni ushlab oldi. Hammasini yaxshi eslayman. Men Salohning o'ng tomoniga yiqildim, u esa chap qo'lidan jarohat oldi. Ammo, odamlar buni dzyudo amaliga o'xshatishyapti, bu ularga yoqyapti. Yaqinda Karius haqidagi gaplar paydo bo'ldi. Endi Firmino ham mening ter tomchilarim tufayli shamollab qolganini aytsin.

Saloh og'riq qoldiruvchi ukol qilganida, o'yinni davom ettirishi mumkin edi. Men u bilan gaplashdim, hammasi joyida ekan. Odamlar bu voqeani nega bo'rttirib talqin qilishayotganini tushunmayapman. Balki, bizning juda ko'p vaqtdan beri g'alaba qozonayotganimiz tufaylidir",
- deb "Real" sardori so'zlarini keltirmoqda AS.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Bavariya, Robert Levandovski
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.