Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronalduning "siri" nimada? Evra fikrini aytdi


"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Patris Evra Krishtianu Ronalduning xarakteriga oid qiziq voqeani so'zlab berdi.

"Bir kuni biz stol tennisi o'ynagandik. Rio (Ferdinand) Ronalduni engdi. Biz hammamiz baqir-chaqir qildik, Krish esa mag'lubiyatdan qattiq xafa bo'ldi.

Ammo ertasigayoq u jiyanini magazinga jo'natib, tennis stoli sotib oldi, uyda tinmasdan ikki hafta shug'ullandi. Keyin esa, kelib, hammamizning ko'z o'ngimizda Rioni engdi.

Bu – Krishtianu Ronaldu!

Shuning uchun, uning yana bir bor "Oltin to'p" yutmoqchi bo'layotganini yoki jahon chempioni bo'lish niyatida ekanini aytishganida, hayron qolmayman",
- deydi fransiyalik futbolchi.

Manba: www.merengues.ru


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Patris Evra, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.