Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Chelsi" Azar borasidagi "Real"ning 190 mlnlik taklifni rad etdi


Londonning "Chelsi" klubi "Real» rahbariyatiga belgiyalik hujumchisi Eden Azarni 170 million funtga ham (190 million evro) sotmasligini malum qilgan.

"Mirror" nashri xabar berishicha, avvalroq OAVda londonliklar klubi rahbariyati ushbu futbolchisini 190 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozi bo'lgani haqida xabar tarqalgandi.

Bu qaror jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Sarri Azarni jamoa etakchisi sifatida ko'rayotgani tufayli qabul qilingan. Futbolchining o'zi biroz avvalroq yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini aytib, "Real"ga o'tmoqchiligiga ishora qilgandi.

"U - Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Umid qilamanki, uning yanada rivojlanishiga yordam beraman, ammo bu qiyin ish. Axir u shundoq ham yuqori cho'qqida", - degan italiyalik mutaxassis.

Nashrning tasdiqlashicha, "Chelsi" ushbu futbolchisiga moliyaviy tomondan yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Uning yangi shartnoma bo'yicha haftalik maoshi miqdori 300 ming funtga (335 ming evro) etishi mumkin.

Azar "Chelsi" safida 2012 yildan buyon to'p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi muddati 2020 yilgacha tuzilgan. O'tgan mavsumda belgiyalik futbolchi "Chelsi" uchun barcha turnirlar doirasida 51 o'yinda maydonga tushib, 17 gol urgan va 13 golga uzatma bergan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Eden Azar, CHelsi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.