Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

OAV: "Real" Navas bilan shartnomani uzaytiradi


La Nacion tarqatgan xabarga ko'ra, "Real" rahbariyati darvozabon Keylor Navas bilan kelishuvni uzaytirish niyatida.

31 yoshli posbon Madrid klubi bilan bu boradagi muzokaralarni JCh-2018dan oldin boshlagan bo'lib, tatildan qaytgach yangilangan shartnomaga qo'l qo'yishi kutilmoqda.

Navasning joriy shartnomasi 2020 yilgacha amalda bo'ladi.

Avvalroq klub prezidenti Floretino Peres shu yozda "Chelsi"dan darvozabon Tibo Kurtuani olib kelmoqchi ekani xabar qilinayotgandi.

Navas "Real" darvozasini 2014 yildan buyon qo'riqlab keladi. U klub safida Ispaniya chempionligiga erishib, uch marta Evropa Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Keylor Navas
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.