Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Keylor Navas "PSJ"ga o‘tmoqda


"Real" darvozaboni Keylor Navas faoliyatini katta ehtimol bilan Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, "PSJ" 32 yoshli kostarikalik darvozabon bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Parijliklar klubi muzokaralarni yakunlash arafasida.

Bundan avvalroq, Navas "Real" rahbariyatiga jamoani tark etish niyatida ekanini aytgani xabar qilingandi. U o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda, ammo "Real"da Tibo Kurtua borligida u belgiyalik posbonga o‘rinbosar bo‘lib qolaveradi.

Navasning "Real" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2020 yil yoziga qadar tuzilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Keylor Navas, PSJ
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.