Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Navas: "ECHLda ketma-ket uch marta g'olib chiqib, mana..."


"Real Madrid" darvozaboni Keylor Navas jamoa Tibo Kurtua kelganidan so'ng asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yganidan norozi ekanini bildirdi.

Kosta-Rikalikning so'zlarini El Chiringuito`ga asoslanib, "Sport-Ekspress" nashri bosib chiqqan.

"Men, mana endi zaxira o'rindig'ida o'tirish uchun, ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdim", - deb aytgan Navas o'zining jamoadagi holati mavzusini davom ettirishni istamagan.

31 yoshli Keylor La Liganing bu mavsumida faqat avgust oyidagi ikkita o'yindagina qatnashdi xolos. U Chempionlar ligasining 3ta bahsida darvozani qo'riqlab, 2ta gol o'tkazib yubordi.

OAVga ko'ra, "Real Madrid" Keylor bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Amaldagi bitim 2020 yil yozida nihoyasiga etadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Keylor Navas
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.