Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" yozda Pogba va Azarni sotib olishga ishonmoqda


"Real" rahbariyati yozda MYU yarim himoyachisi Pol Pogba va "CHelsi" vingeri Eden Azar jamoaga kelib qo'shilishiga ishonmoqda.

Manbaning malumotiga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbarlari jamoaning CHempionlar ligasi va Ispaniya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin tarkibni yangilash ustida bosh qotirishmoqda.

Xabar qilinishicha, 26 yoshli Pogba va 28 yoshli Azar transfer nishonlari ro'yxatini boshqarib turibdi. Yuqoridagi har ikki o'yinchini ham bosh murabbiy Zinedin Zidanning shaxsan o'zi tarkibda ko'rmoqchi. O'z navbatida futbolchilar ham "Real" haqida iliq fikrlarni bildirishgan.

Pogba MYU tarkibida oxirgi vaqtlarda omadsiz o'yinlar ko'rsatmoqda va agar jamoa ECHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa ketishi mumkinligi malum qilingan.

Azarning "CHelsi" bilan shartnomasi esa 2019 yilning iyun oyida nihoyasiga etadi. Ammo, Eden londonliklar bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayapti. Malumotlarga ko'ra, "Real" 100 million evrodan ko'proq pul taklif qilsa, "ko'klar" belgiyalikni qo'yib yuborishga tayyor.

"Real" yozda Pogba va Azarni sotib olishga ishonmoqda

Joriy mavsum Pogba MYU uchun 32ta o'yin o'tkazdi va 13ta gol urib, 9ta golli pas berdi.

Azar esa "CHelsi" tarkibida APLda 16ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Manchester Yunayted, Eden Azar, Pol Pogba, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.