Zidan: "Real" boshidan oxirigacha o‘yinni nazorat qildi"


"Real Madrid" ustozi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Selta"ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Biz boshidan oxirigacha o‘yinni nazorat qildik. Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Maydonning raqib tomonidan pressing uyushtirish va g‘alaba uchun intilish — bu o‘zimizga xos jihat.

Asensio uchun xursandman. U jiddiy jarohatni boshdan kechirdi, hozir esa Marko yaxshi o‘ynamoqda. Azar? Bosqichma-bosqich oldinga intilamiz.

Lukas Vaskes yaxshi o‘ynamoqda. U juda ishonchli futbolchi, u jamoa o‘yiniga yaxshi kirishib ketgan o‘yinchi, haqiqiy "Madrid" futbolchisi. Uning o‘yini meni va jamoadoshlarini hayron qoldirmaydi.

Karvaxal oyog‘ida og‘riq his qildi. O‘ylashimcha, jiddiy narsa yo‘q", – dedi murabbiy.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.