Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Krishtianu Ronaldu Messi haqida nimalar dedi ...

"Qirollik klubi" hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futboldagi asosiy raqobatchisi Leo Messi haqida o'z fikrlarini bayon qildi.

"Messining do'sti emasman, lekin biz hamkasbmiz. So'nggi 10 yil ichida u bilan juda ko'p shaxsiy sovrinlarni topshirish marosimlarida ishtirok etdik, u bilan munosabatlarimiz ham yaxshi. Biz birgalikda ovqatlanmaymiz, ammo uni hurmat qilaman. U menga raqib emas, balki hamkasbdir. Matbuot oramizdagi raqobatni bo'rttirib ko'rsatmoqchi bo'ladi va bu bilan daromad topadi. Messining va boshqa zo'r futbolchilarning o'yinidan zavq olaman.

Leo – haqiqiy yulduzdir. U menga yomonlik qilmagan, unga nisbatan xusumatim yo'q. Messidan men haqimda so'ralganda ham, har doim iliq so'zlarni aytgan. Biz bir-birimizni hurmat qilamiz",
- dedi Ronaldu Fox Sports xabarida.

Manba: www.stadion.uz - Zuhriddin

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)