"Real" Ramos bilan muzokaralarni boshladi. Rahbariyat jamoa etakchisi uchun...


Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, tomonlar muzokara stoliga bir necha hafta ilgari o'tirishgan. Ramos "Real"da 2024 yilning iyuniga qadar qolmoqchi. Bu paytda himoyachi 38 yoshda bo'ladi.

Klub futbolchining jismoniy holatini inobatga olgan holda voqealarning bunday rivojlanishiga qarshi emas. Ehtimol, tomonlar shartnomani har yili yangilab turishga rozi bo'lishlari mumkin. SHuningdek, birdaniga uzoq muddatli shartnoma imzolanishi ham mumkin.

Xabaringiz bor, "Real" 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan uzoq muddatga mo'ljallangan kelishuvlarni imzolashdan qochadi va, asosan, ularga 1 yillik shartnoma taklif qiladi. Rahbariyat Ramosning maydonda va maydon tashqarisida jamoa uchun ahamiyatini hisobga olib bir gal o'z siyosatiga qarshi borishi kutilmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi.

"Real" Ramos bilan muzokaralarni boshladi. Rahbariyat jamoa etakchisi uchun...

Ramos "Real" tarkibiga 2005 yilda "Sevilya"dan kelib qo'shilgan edi. U Madridda 16-mavsumini o'tkazyapti. Bu muddat davomida Serxio klub bilan 5 karra La Liga, 4 marta CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

Manba: CA


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.