"Real" Modrich bilan shartnomani uzaytirmoqchi, Ramos bilanchi?


"Real" Modrich bilan shartnomani uzaytirmoqchi, Ramos bilanchi?

Yarim himoyachi Luka Modrich hamda himoyachi Serxio Ramosning "Real" bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakunlanadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klubdagilar Luka Modrich bilan shartnomaning uzaytirilishini rejalashtirmoqda. Biroq Ramos borasida hali qaror qabul qilinmagan. Ispaniyalik futbolchi 2005 yildan buyon jamoasi tarkibida harakat qilmoqda. Modrich esa 2012 yilda "Real"ga o'tgandi.

Ushbu mavsumda Ramos 12 o'yinda 2 gol urdi. Modrich ham 14 uchrashuvda 2 gol urib, bir assist qayd etdi.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.