Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kazemiro "Real" libosida 100-g'alabasini nishonladi


"Real Madrid" yarim himoyachisi Karlos Kazemiro "Betis"ga qarshi uchrashuvda "Qirollik klubi" safidagi 100-g'alabasiga erishdi.

Braziliyalik futbolchiga mazkur 100 g'alaba uchun 134 uchrashuvdagi ishtirok yetarli bo'ldi. Futbolchi ushbu uchrashuvlarda 11 ta gol kiritishga erishgan.

Kazemiro "Real" libosidagi g'alabalarini La Liga (60), Chempionlar ligasi (23), Ispaniya kubogi (9), klublararo mundial (4), Yevropa superkubogi (2) va Ispaniya superkubogi (2) bahslarida qo'lga kiritgan. Ushbu 100 g'alabaning 51 tasini "Bernabeu"da, 41 tasini raqiblar maydonlarida va yana 8 tasini betaraf stadionlarda nishonlagan.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Karlos Kazemiro
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.