Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Leganes"ga qarshi bahs Ramos uchun "Real" safidagi 550-rasmiy uchrashuv bo'ldi


"Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos kecha "Leganes"ga qarshi (3:1) uchrashuvda g'alaba qozongan holda "Real" libosidagi o'zining 550-rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.

Andalusiyalik futbolchi bu bilan "Real" safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan 10-futbolchiga aylandi. Ramos 550 uchrashuvdan 382 tasini La Ligada, 109 tasini Chempionlar ligasida, 40 tasini Qirol kubogida, 12 tasini Ispaniya superkubogida, 4 tasini klublararo mundial va yana 3 tasini Yevropa superkubogi bahslarida o'tkazgan. Himoyachi mazkur uchrashuvlar davomida o'z nomiga 72 ta gol yozdirib qo'ygan.

"Real" rahbari Florentino Peres kecha yubiley bahsini o'tkazgan jamoa sardoriga esdalik uchun 550 raqami tushirilgan jamoa futbolkasini taqdim etdi.

"Leganes"ga qarshi bahs Ramos uchun "Real" safidagi 550-rasmiy uchrashuv bo'ldi

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Serxio Ramos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.