Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real Madrid" Yevrokuboklardagi g'alabalari sonini 300taga yetkazib oldi


Kecha tunda bo'lib o'tgan chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvida "Atletiko" ustidan 3:0 yerik hisobdagi g'alabasini qulga kiritdi. Shu jumladan "Real Madrid" klubi Yevrokuboklardagi g'alabalari sonini 300taga yetkazib olishdi.

Yevropa futboli qirollari mazkur 300 g'alabadan 244 tasini chempionalr ligasi (chempionlar kubogi), 33 tasini UEFA kubogida, 16 tasini kubok egalari kubogida, 4 tasini Lotin kubogida hamda 3 tasini Yevropa superkubogida qo'lga kiritganlar. Madridliklar ushbu 300 g'alabani 401 uchrashuvda ishtirok etgan holda amalga oshirdilar.

"Qirollik klubi"ning ushbu natijasi Yevropa futbolida mutlaq rekord hisoblanadi. 300 g'alaba bilan rekordchi hisoblangan "Real"dan keyingi pog'onada 183 g'alabaga erishgan "Bavariya" hamda 169 ta g'alaba qozongan "Barselona" klublari egallab turibdilar.

Eslatma: "Merengues"lar avvalgi bosqichda "Bavariya"ga qarshi bahs olib borgan va Yevrokuboklardagi 400-uchrashuv va 900-golni nishonlagan edilar.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Federico Valverde | "Atletiko"ga qarshi kechgan Ispaniya Superkubogi final bahsida ajoyib o'yin ko'rsatdi, to'g'ri u gol urmadi. Biroq jamoaning g'alabasi uchun jasorat ko'rsata oldi.